Akademiya magistraturasining 2023/2024 o‘quv yili “Prokurorlik faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakli tinglovchilari uchun tanishtiruv tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirda tinglovchilarga “new.proacademy.uz” axborot-ta’lim portalida o‘qishni tashkil etishning umumiy tartibi va qoidalari, o‘quv modullari tavsifi, tinglovchilar bilimini baholash tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tinglovchilarga magistrlik dissertatsiyasi mavzularini tanlashda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar, tadqiqot uslublari va dissertatsiya ishini tayyorlashga qo‘yiladigan umumiy talablar bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi.
Shundan so‘ng tinglovchilar O‘zbekiston prokuraturasi tarixi muzeyiga tashrif buyurishdi.
Akademiya magistraturasida sirtqi ta’lim shakli uchun dars mashg‘ulotlari joriy yilning 9 oktyabridan boshlanadi.