Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va metodikalarni joriy etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Mazkur yo‘nalishda Akademiyada navbatdagi seminar-trening Toshkent davlat yuridik universitetining transformatsiya bo‘limi boshlig‘i, yu.f.f.d. B.Qosimov ishtirokida “Yuridik kadrlar tayyorlashda interaktiv ta’lim metodlarini qo‘llash masalalari” mavzusida tashkil etildi.
Seminar-treningda oliy ta’lim muassasalarida tanqidiy va kreativ fikrlash, tizimli tahlil qilish, qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlashda interaktiv ta’lim metodlarini qo‘llashning ahamiyati va dolzarbligi, interaktiv metodlarining turlari, mazmun-mohiyati hamda o‘quv jarayonida qo‘llash metodikasi haqida interaktiv ma’ruza qilindi. Tadbirda “Think-Pair-Share”, “Each one - Teach one”, “Give one - Get one” kabi interaktiv ta’lim metodlarini qo‘llash yuzasidan amaliy tavsiyalar berilib, qatnashchilar ishtirokida amaliy mashqlar bajarildi.
Seminar-trening so‘ngida mavzu yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.