Huquqni muhofaza qilish akademiyasida ichki ishlar organlari tergovchilari uchun “Ichki ishlar organlarida tergovni tashkil etish” mavzusida aralash shaklda malaka oshirish kursi tashkil etildi.
Malaka oshirish kursi dasturi surishtiruv va dastlabki tergov o‘tkazishning umumiy qoidalari, tergov jarayonida dalillarni to‘plash, tekshirish, rasmiylashtirish va baholash, tergov jarayonida ayrim tergov harakatlarini o‘tkazish va jinoyatlarni malakalash bilan bog‘liq muammolar va ularning yechimlari, kriminalistik texnikasi va taktikalar, sud ekspertizasi, tezkor-qidiruv faoliyati natijalaridan jinoyat protsessida foydalanishni tashkil etish masalalarini qamrab olgan.
Shuningdek o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida tizimli tahlil hamda tergov faoliyati psixologiyasiga oid tergovchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.