O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakillari videokonferensaloqa vositasida “Idoraviy qayta kasbiy ta’lim: muammo va istiqbollar” mavzusiga bag‘ishlangan II Yillik xalqaro seminarda ishtirok etishdi.
Tadbir Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi Sankt-Peturburg akademiyasi tomonidan tashkil qilinib, Belarus Respublikasi Tergov qo‘mitasi malaka oshirish va qayta tayyorlash intstituti hamda Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi Moskva akademiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ye.V.Kolenko kirish so‘zi bilan ishtirok etib, Akademiyada bugungi kunda olib borilayotgan islohatlar, qayta ta’limning asosiy yo‘nalishlari, o‘quv jarayoni tashkil etilishi, prokuratura va tergov organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturlaridagi yangi yondoshuv va ta’lim texnologiyalari to‘g‘risida ma’lumot taqdim etdi.
Seminar yakunida ishtirokchilar qayta kasbiy ta’limning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashishib, o‘tkazilgan tadbirning bugungi kundagi amaliy ahamiyatini e’tirof etishdi.