Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi

Akademiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida davlat xizmatida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi markaziy mahkamasi rahbariyati va barcha xodimlari hamda onlayn shaklda Agentlik tizimidagi barcha muassasalar va hududiy tarmoqlar xodimlari ishtirok etdi.

Davra suhbatida Akademiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i X.Tursunbekov qatnashib, davlat xizmatida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvi va uni bartaraf qilish haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Tadbir yakunida ishtirokichlar korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.