Akademiya tomonidan talabalarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishga qaratilgan turkum tadbirlar o‘tkazilmoqda. Mazkur faoliyat doirasida 2023 yil 5 oktyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarning konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi” mavzusida Bosh prokuratura vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Bosh prokuratura Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari O.Sultonov, Akademiya boshlig‘i o‘rinbosari yu.f.d., prof. M.Mamasiddiqov hamda Akademiya talabalari ishtirok etdilar.
Yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyat va sharoitlar, shuningdek jinoyatlarni tergov qilish sohasida maxsus malakali kadrlarni tayyorlash borasida amalga oshirilib kelinayotgan islohotlar muhokama qilindi.
Shuningdek, 2023 yil 10 oktyabr kuni talabalarining prokuratura organlari faxriylari bilan uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari faxriylari kengashi raisi Botir Xamzayevich Kalonov ishtirok etib, prokuratura organlarida faoliyati va kasbiy tajribalari, prokuratura organlari xodimining kasbiy fazilatlari, jamiyatda qonuniylikni ta’minlashda prokuratura organlari xodimlarining roli haqida batafsil tushuncha berdi.
Talabalar Botir Xamzayevichga savollar bilan murojaat qilib, prokuratura organlari xodimlariga qo‘yilgan talablar, ish faoliyatdagi ustuvor yo‘nalishlar, shaxsiy va kasbiy fazilatlar borasida zarur ma’lumotlar oldilar.
Bakalavriat fakulteti ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuv va davra suhbatlari tashkillashtirish davom etmoqda.
Ushbu yo‘nalishdagi ishlar butun o‘quv yilida davom etadi.