Akademiyaning “Korrupsiyaga qarshi kurashish” magistratura mutaxassisligi tinglovchilari uchun “O‘zbekneftegaz” AJda sayyor tarzdagi amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
O‘quv mashg‘uloti “Davlat organlari va boshqa tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi halollik (komplayens-nazorat) tizimini joriy etish” o‘quv moduli doirasida o‘tkazilib, undan maqsad tinglovchilarning nazariy bilimlarini yanada mustahamlashdan iborat.
Mashg‘ulotda “O‘zbekneftegaz” AJ moliyaviy va komplayens nazorati departamenti rahbariyati va xodimlari ma’ruzalar bilan chiqish qilishda.
Xususan, aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi komplayens tizimi joriy etilishi natijasidagi ijobiy yutuqlar, tizimda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, davlat xaridlarida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etishning barcha bosqichlari avtomatlashtirilganligi va boshqa ijobiy jihatlarni qayd etildi.
Amaliy mashg‘ulot yakunida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.