O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi rahbariyatining AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) O‘zbekistonda sud-huquq islohotlari loyihasi direktori R.Nazarova va mazkur loyiha mutaxassisi Z.Islamovalar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar amalga oshirilayotgan loyihalarning holati, shuningdek hamkorlikning yangi va istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilishdi.
Tadbir konstruktiv ruhda o‘tkazilib, USAID LRP bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar bugungi kunda Akademiyaning ilmiy va ekspert salohiyatini mustahkamlashga katta hissa qo‘shayotganligi ta’kidlandi.