Joriy yilning 11 avgust kuni Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda Byuro faoliyatida tizimli ravishda yuzaga kelayotgan kamchiliklar va muammolarning oldini olishga qaratilgan videokonferensaloqa rejimida o'quv-seminari o'tkazildi.
Tadbirda Bosh prokuratura Akademiyasining professor-o'qituvchilari, Majburiy ijro byurosi Markaziy mahkamasi xodimlari, Byuroning barcha viloyat hamda tuman (shahar) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish bo'limlari inspektorlari, davlat ijrochilari ishtirok etdilar.
O'quv-seminar davomida Byuro tomonidan ishlab chiqilgan «MIB Portal» elektron dasturi orqali ijro harakatlarini amalga oshirishning samaradorligi, alimentga oid ijro ish yurituvining o'ziga xos xususiyatlari, ijro hujjatlarining o'z vaqtida bajarilishini ta'minlash, faoliyatida tizimli ravishda yo'l qo'yilayotgan kamchilik va yuzaga kelayotgan muammolarning tahlili, ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko'rish, shuningdek mavjud ilg'or amaliy tajribalarni Byuro faoliyatida yanada kengroq tarqatilishi masalalari muhokama etildi.
Tadbir yakunida xodimlarga sohaga oid qonunchilikdagi o'zgarishlar va yangiliklar mazmuni haqida batafsil tushuntirish berilib, viloyat studiyalarida qatnashayotgan ishtirokchilar tomonidan ko'tarilgan amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan savol-javoblar o'tkazildi.