O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda Hindiston Kriminalistika fanlari milliy universiteti (National Forensic Sciencec University) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Hindistonlik hamkasblar Kriminalistika fanlari milliy universiteti, uning faoliyati, tuzilishi, kiberxavfsizlik, tergov va kriminalistika sohasidagi ilmiy salohiyati va yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumot berishdi.
O‘z navbatida xorijiy mehmonlar Akademiya faoliyati, prokuratura va tergov organlari xodimlarini o‘qitish jarayoni, ta’limda qo‘llanilayotgan yangi pedagogik usullar va zamonaviy texnologiyalar, o‘quv infrastrukturasi hamda professor-o‘qituvchilar va tinglovchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.
Konstruktiv ruhda o‘tkazilgan tadbirda tomonlar kelgusida o‘zaro hamkorlikni nazarda tutadigan bitimni imzolash choralarini ko‘rishga kelishib olishdi.