Huquqni muhofaza qilish akademiyasining Kriminalistika va sud ekspertizalari kafedrasi tomonidan magistratura bosqichining “Tergov faoliyati” yo‘nalishida o‘qiyotgan tinglovchilar uchun jinoyatlarni tergov qilish metodikasi o‘quv kursi doirasida Toshkent shahar IIBBda sayyor o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mazkur o‘quv mashg‘uloti davomida Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan bosqinchilik, o‘g‘irlik va talonchilik jinoyatlari bo‘yicha master-klass mashg‘ulotlari o‘tkazilib, bu turdagi jinoyatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlari, isbotlash bilan bog‘liq masalalar, hozirda amaliyotda uchrayotgan muammoli holatlar, xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar muhokama qilinib, ularni yechimi bo‘yicha takliflar berildi.
Shuningdek, Tergov boshqarmasi xodimlari tomonidan magistrlarga boshqarma faoliyati, tergov olib borilayotgan jinoyat turlari, Toshkent shahar IIBB muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishtirdilar. Sayyor o‘quv mashg‘uloti ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.
Tadbir yakunida Akademiya va Toshkent shahar IIBB o‘rtasida o‘zaro yaqin hamkorlik davom etishi hamda bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazib borilishiga kelishib olindi.