Akademiyada navbatdagi kitob yarmarkasi tashkil etildi

Akademiyada navbatdagi kitob yarmarkasi tashkil etildi

Kitobning inson kamolotidagi o‘rni beqiyos. Shaxs komolotining turli bosqichlarida o‘qilgan badiiy adabiyot durdonalari o‘quvchining ichki dunyosini boyitib, o‘chmas iz qoldiradi.

Akademiyada talaba va tinglovchilarning badiiy kitoblar mutolaasiga qiziqishlarini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilib, bu ularning dunyoqarashini kengaytirishga, natijada o‘quv modullarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlariga xizmat qilmoqda.

Akademiyada navbatdagi kitob yarmarkasi “Yuridik adabiyotlar” nashriyot-matbaa ijodiy uyi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Yarmarkada Akademiya talabalari, doktorantlar hamda professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, badiiy adabiyotlarni katta qiziqish bilan xarid qildilar. Tarixiy, detektiv hamda psixologik mazmundagi kitoblar yarmarkaga tashrif buyurganlar tomonidan alohida qiziqish bilan qabul qilindi.