Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Akademiya mutaxassislari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun amalga oshirilayotgan YouthLed loyihasi doirasida tashkil etilgan turkum seminarlarni o‘tkazishga jalb qilingan.

Xususan, navbatdagi onlayn seminar Akademiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i X.Tursunbekov tomonidan respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun “Oliy ta’lim jarayonidagi korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun javobgarlik masalalari” mavzusida tashkil etildi.

Seminar davomida talabalar oliy ta’lim sohasidagi korrupsiyaviy holatlarni o‘rgandilar, so‘nggi yillarda talabalar, professor-o‘qituvchilar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlarning statistik ma’lumotlari va aniq misollari bilan tanishdilar.

Shuningdek, seminar davomida kelgusida bunday huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.