Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakili joriy yilning may-sentyabr oylari davomida Nemis xalq universitetlari assotsiatsiasining O‘zbekistondagi filiali (DVV) va Germaniya xalqaro jamiyati (GIZ) tomonidan “Markazi Osiyoda ekstremizmni oldini olish” loyiha doirasida tashkil etilgan treninglarda ishtirok etdi.
Besh bosqichdan iborat mazkur trening yakuni bo‘yicha Iordaniya Hoshimiylar Qirolligiga o‘quv-tanishuv safari amalga oshirildi.
Tashrif doirasida ishtirokchilar zo‘ravon ekstremizm va radikallashuvni oldini olish borasidagi Qirollik milliy mudofaa kolleji, fuqarolik jamiyati tashkilotlari hamda huquqni muxofaza qiluvchi organlar faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida Iordaniiya Hoshimiylar Qirolligida faoliyat yuritayotgan “DVV International”, “RASED”, “We Rise” va “Oman” NNTlarning radikallashuvni oldini olish, shuningdek, reintegratsiya va ijtimoylashuv sohasidagi tajribasi o‘rganildi.