2023 yil 25 oktyabr kuni Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Akademiya rahbariyatining Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv Akademiyasi rektori Ye.K.Abil bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida o‘quv jarayonini tashkil etish, xodimlarning o‘zaro tajriba almashish mexanizmlarini rivojlantirish, loyiha boshqaruvini joriy etish va rivojlantirish, ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim va tarbiya bo‘yicha tajriba almashish, xodimlar va tinglovchilarning stajirovkasini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar ilmiy-ta’lim muassasalari o‘rtasidagi anglashuv va hamkorlik Memorandumi doirasida o‘zaro foydali munosabatlarni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.