Bola huquqlari bo‘yicha malaka oshirish kursi

Bola huquqlari bo‘yicha malaka oshirish kursi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan tuman (shahar) prokuror yordamchilari uchun “Bola huquqlari” moduli doirasida masofaviy malaka oshirish kursi tashkil etildi.

Kurs dasturi UNICEF xalqaro eksperti ko‘magida ishlab chiqilgan va amalga oshirildi.

Malaka oshirish kursi tinglovchilarda voyaga yetmagan jinoyat jabrlanuvchilari va guvohlariga nisbatan xalqaro standartlar va ilg‘or tajribalarga muvofiq ishlarni olib borishda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

Bunda intellektual rivojlanishi sust va neyropsixiatrik nuqsonlarga ega bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan alohida ishlash mexanizmiga oid nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan.