“Katta yoshdagilarni o'qitish” hamda “interfaol o'qitish” nimani anglatadi?
Katta yoshdagilar qanday tamoyillarga asoslanib o'qitiladi?
Prokurorlar va odil sudlov sohasida boshqa mutaxassislar qanday o'qitiladi?
2018 yil 17-18 avgust kunlari YUNISEF qo'magida xalqaro ekspert Ingrid van Velzenes ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida tashkil etilgan treningda yuqorida ko'rsatilgan hamda boshqa masalalar kursning maqsadi sifatida belgilandi.
Kurs Akademiya o'qituvchilarining prokuratura xodimlari va odil sudlov tizimi mutaxassislarini hamda katta yoshdagilardan iborat guruhlarni o'qitishda yangi interfaol uslub va usullarni qo'llashdagi kasbiy bilim va ko'nikmalarni oshirish maqsadida tashkil etilgan.
Jumladan, prokuratura xodimlarini o'qitish metodikalari to'g'risida taqdimotlar, shuningdek, axborot texnologiyalaridan foydalanib, interfaol usullarni qo'llagan holda o'qitish, trening materiallarini tayyorlash usullari to'g'risida taqdimotlar namoyish etildi.
Trening yakunida ishtirokchilar tadbir yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Akademiya faoliyati jarayonida ekspertning o'qitish metodikasini takomillashtirish borasida bergan tavsiyalari inobatga olinadi.