Iqtidorli yoshlarning intellektual salohiyatini hamda mantiqiy bilimlarini yuksaltirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 yanvardagi PQ–96-son qarori bilan “Zakovat” intellektual o‘yini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Zakovat intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkiloti hamda Akademiya o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum asosida Zakovat intellektual klubi vakillari o‘zi tomonidan tashkil etiladigan turnirlarga Akademiya talaba-tinglovchilarini tayyorlashadi, professor-o‘qituvchilarga intellektual o‘yinlarni tashkil etishda metodik ko‘mak berishadi.
Mazkur marosimdan so‘ng, Bakalavriat talabalari o‘rtasida Zakovatning O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi kubogi uchun o‘yin o‘tkazildi. O‘yinda jami
20 ta jamoa ishtirok etdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan o‘yin natijalariga ko‘ra, g‘olib bo‘lgan jamoa Akademiya kubogi hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.