2018 yil 16 avgustda Bosh prokuratura Akademiyasida navbatdagi o'quv kursining yakunlanishiga bag'ishlangan tadbir tashkillashtirildi.
"Majburiy ijro byurosi tezkor bo'linmalari tomonidan iste'molchilarning to'lov intizomiga rioya etishlari ustidan nazorat faoliyatining samaradorligini oshirish" mavzusidagi o'quv kursi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari tezkor xodimlari uchun tashkillashtirilgan edi.
Tadbirda Bosh prokuratura Akademiyasi hamda Majburiy ijro byurosining rahbariyati qatnashdi.
Tadbir mobaynida o'quv kursining majburiy ijro faoliyatidagi ahamiyatiga doir masalalarga to'xtalib o'tildi.
Tinglovchilar tadbirda so'zga chiqib, o'quv mashg'ulotlari jarayonida Akademiyaning professor-o'qituvchilari hamda Majburiy ijro byurosining tajribali xodimlaridan xizmat faoliyati uchun kerakli bilim va ko'nikmalarni olganliklarini ta'kidlab o'tdilar.
Kursni muvaffaqiyatli tamomlaganliklari haqidagi shahodatnoma tinglovchilarga tantanali ravishda taqdim etildi.