O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 fevraldagi PF–27-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Milliy qadriyatlar kuni” o‘tkazilmoqda.
Tadbir doirasida Akademiya talabalarining O‘zbekiston amaliy san’ati muzeyiga tashrifi tashkillashtirildi. Tashrif davomida talabalarga milliy qadriyatlar rivojida san’atning roli hamda o‘zbek milliy madaniyati va san’atining tutgan o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, Akademiya talabalari qatag‘onlarni xotirlash va e’zozlash, ajdodlarimizning porloq xotirasini tiklash borasida amalga oshirilgan ishlarni ko‘rish maqsadida qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga ham tashrif buyurishdi.