"Noqonuniy moliyaviy oqimlarni o‘lchash" mavzusidagi vebinarda ishtirok etildi

"Noqonuniy moliyaviy oqimlarni o‘lchash" mavzusidagi vebinarda ishtirok etildi

Joriy yilning 7 noyabr kuni Akademiya tomonidan BMT Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) ko‘magida o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va moliya tashkilotlari vakillari uchun navbatdagi vebinar tashkil etildi.

Ushbu tadbirda ESKATO ekspertlari, Barqaror rivojlanish maqsadlarining 16.4.1 ko‘rsatkichini shakllantirish uchun mas’ul bo‘lgan Akademiya, Bojxona qo‘mitasi, Statistika agentligi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti vakillari ishtirok etdilar.

Vebinarda noqonuniy moliyaviy oqimlarni baholashning xalqaro miqyosda qabul qilingan usullarini o‘zlashtirish va milliy darajada maqbul usulni aniqlash maqsadida noqonuniy moliyaviy oqimlarni o‘lchash va oldini olish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunlariga ko‘ra, ESKATOning O‘zbekiston Respublikasidagi 2023 yil 14-17 noyabrga mo‘ljallangan missiyasi doirasida tijorat faoliyatidan noqonuniy moliyaviy oqimlarni cheklash va soliqqa tortish siyosati bo‘yicha loyihasiga takliflarni muhokama qilish bo‘yicha yig‘ilish va o‘quv seminarlarida ishtirok etish zarur bo‘lgan milliy organlar va idoralar aniqlandi.