“Kriminalistika va sud ekspertizasi bilimdoni” mavzusida viktorina o‘tkazildi

“Kriminalistika va sud ekspertizasi bilimdoni” mavzusida viktorina o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Kriminalistika va sud ekspertizasi bilimdoni” mavzusida viktorina  o‘tkazildi.

Viktorinada “Professional tergovchilar” to‘garagi, “Yosh kriminalistlar” ilmiy maktabi a’zolari, Akademiya bakalavriatining “Tergov faoliyati” mutaxassisligida tahsil olayotgan talaba yoshlar ishtirok etdi.

Viktorina uch bosqichda o‘tkazilib, ularning birinchisi – “Ashyoviy dalillarni qadoqlash”, ikkinchi bosqich – “Rasmdagi jumboqni toping”, uchinchi bosqich – “Ashyoviy dalillarni topish” bo‘lib, har bir shart musoboqa tarzida o‘tkazildi.

Viktorina yakuni bo‘yicha “Femida” guruhi 1-o‘rin, “Kriminalist” guruhi 2-o‘rin, “Ekspert” guruhi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Tadbir so‘ngida, viktorinada faol ishtirok etgan talaba yoshlar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.