Akademiya bakalavriati talabalari uchun o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda

Akademiya bakalavriati talabalari uchun o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda

Akademiya bakalavriatining “Prokurorlik faoliyati” ixtisosligi talabalari uchun “Etika va estetika” o‘quv moduli doirasida nazariy bilimlarni sud amaliyoti bilan uzviy bog‘lagan holda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

Mashg‘ulotlarda talablarning huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida huquqiy etika va professional javobgarlikning ahamiyati, huquqiy etikani tashkil etuvchi sifatlarni o‘zlashtirish va o‘z shaxsida tarbiyalash, yuksak axloqiy sifatlarni bo‘lg‘usi mehnat faoliyatida dasturilamal sifatida qo‘llash, manfaatlar to‘qnashuvi va unga yo‘l qo‘yib bo‘lmaslik, adolat, kasbga sadoqat, mas’uliyat va halollik kabi kasbiy ko‘nikmalari shakllantirilmoqda.