Аkademiyaning Huquqni muhofaza qilish faoliyati muammolarini ilmiy-amaliy tadqiq qilish markazi tomonidan mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda Buxoro viloyatining Qorakoʼl tumanidagi mahalla fuqarolar yigʼinining masʼul xodimlari uchun jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan oʼquv seminarlari tashkil qilindi.
Seminarda tumandagi “mahalla beshliklari” ishtirok etib, jinoyatchilikning, jumladan voyaga yetmaganlar va yoshlar oʼrtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olishni samarali tashkil etish masalalari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, seminar doirasida amaliyotda uchraydigan muammolar, jumladan, idoralararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi va ularni hal etish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.