Akademiyada “Fan soati” doirasida "E-LINE PRESS" MCHJ Tahliliy va ilmiy axborot xizmatlari markazi rahbari F.Shodmanova tomonidan “Ilmiy faoliyat uchun Web of Science platformasining asosiy imkoniyatlari” mavzusida navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi.
Seminar davomida ishtirokchilar ilmiy jurnallardagi nashrlarning referativ ma’lumotlar bazalari va patentlar, shu jumladan nashrlarning o‘zaro iqtibos keltirishlarini hisobga oladigan ma’lumotlar bazalarini birlashtiruvchi internet-qidiruv platformasi – Web of Science bo‘yicha amaliy bilimlar oldilar.
Tadbir yakunida ishtirokchilar Huquqni muhofaza qilish akademiyasi xodimlarining ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida tizimli ravishda amaliy seminarlarni tashkil etishga kelishib oldilar.