Buyuk Britaniya ekspertining Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrifi

Buyuk Britaniya ekspertining Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrifi

Buyuk Britaniya Ichki ishlar vazirligining uyushgan jinoyatchilik bilan bog‘liq xavflarni baholash bo‘yicha maslahatchisi doktor S.Djespersonning Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrifi bo‘lib o‘tdi.

Tashrif davomida S.Djesperson Akademiya o‘quv binolari, jarayoni, uning tashkiliy tarmoqlari ish faoliyati bilan tanishtirildi.

Akademiya rahbariyati bilan uchrashuvda tarflar huquqni muhofaza qiluvchi organlar kadrlarini tayyorlash sohasida tajriba almashish
va hamkorlikdagi ilmiy-ta’lim faoliyatini amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.

Shuningdek, doktor S.Djesperson ishtirokida Akademiyaning talabalari va tinglovchilari uchun “Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, giyohvandlik vositalarini chegaralardan noqonuniy olib o‘tilishi bilan bog‘liq jinoyatlar misolida” mavzusida ma’ruza tashkil qilindi.