AQSH Davlat departamentining xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish va huquqni muhofaza qilish byurosi (INL) vakillari bilan uchrashuv

AQSH Davlat departamentining xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish va huquqni muhofaza qilish byurosi (INL) vakillari bilan uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Akademiya rahbariyatining AQSH Davlat departamentining xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish va huquqni muhofaza qilish byurosining (INL) Toshkentdagi bo‘limi direktori N.Rettenmayer va INL dasturi mutaxassisi A.Yusupovlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda xorijiy mehmonlar Akademiyaning tuzilishi va faoliyat yo‘nalishlari, o‘quv jarayoni, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi bilan tanishtirildi.

Tomonlar shuningdek amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalarni muhokama qilishib, hamkorlikning muhim yo‘nalishlarini belgilashdi.