Har yili 17 noyabr kuni butun dunyoda Xalqaro talabalar kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.
Ushbu kun munosabati bilan Huquqni muhofaza qilish akademiyasida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Akademiya xodimlari hamda bakalavriatning 2- va 3-kursi talabalari ishtirok etishdi. Tadbir doirasida o‘qishda yuqori natijalarga erishib, namunali xulqi va odobi bilan talabalar orasida shaxsiy namuna bo‘lib kelayotgan hamda talabalar TOP–20 reytingida muntazam ravishda yuqori o‘rinlarni egallagan bir guruh talabalar Akademiya boshlig‘ining Faxriy yorlig‘i bilan tantanali ravishda taqdirlandi.
Shu bilan birga, o‘quv jarayonini sifatli va samarali tashkil etish bo‘yicha talabalarning fikr-mulohazalar eshitilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.