Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Tergov faoliyati” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Tergovchining zamonaviy profilini shakllantirish masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.
Ilmiy-amaliy seminarda Akademiya professor o‘qituvchilari va Akademiya talabalari ishtirok etishdi.
Seminarda F.Mirzayev talabalarga tergovchi faoliyatida bilim va tajribaning o‘rni, A.Boboxonov tergovchi kommunikativ faoliyatining psixologik xususiyatlari, B.Rajabov esa tergovchining zamonaviy qiyofasi to‘g‘risida ma’lumot berdilar.
Seminar so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.