Akademiyada “Fan soati” doirasida "E-line rress" MCHJ Tahliliy va ilmiy axborot xizmatlari markazi rahbari F.Shodmanova tomonidan “Ilmiy maqola chop etish uchun ilmiy jurnalni tanlash” mavzusida navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi.
Seminar davomida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi xodimlari, doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari maqolalar chop ettirish uchun jurnal tanlashda e’tibor berilishi kerak bo‘lgan holatlar, shuningdek “yirtqich” va “klon” nashrlardan himoyalanishga doir amaliy bilimlar oldilar.
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan ilmiy salohiyatni oshirish maqsadida amaliy seminarlarni tashkil etish ishlari tizimli ravishda amalga oshiriladi.