Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan talabalarining kasbiy tayyorgarligi bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida amaliy mashg‘ulotlar tizimli asosda o‘tkazilmoqda.
Navbatdagi amaliy mahorat darsi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda 1-bosqich talabalariga “Harbiy-vatanparvarlik tayyorgarligi” moduli doirasida “Otish tayyorgarligi” fani bo‘yicha o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar mobaynida talabalar o‘quv reja va dasturlarda belgilangan mavzular doirasida bugungi kunda mamlakatamizning huquqni muhofaza qiluvchi organlari va bo‘linmalarida mavjud Kalashnikov avtomati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanishishga muyassar bo‘ldilar.
Mutaxassislar talabalarga qurollarning taktik-texnik xususiyatlari va umumiy tuzilishi, uning qismlari va mexanizmlarining vazifalari hamda shu kabi boshqa masalalarni atroflicha tushuntirib berdilar.