Prokuratura faoliyatini psixologik ta'minlash bo'yicha vebinar

Prokuratura faoliyatini psixologik ta'minlash bo'yicha vebinar

Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan prokuratura organlari faoliyatini psixologik ta'minlash va xizmatga kasbiy psixologik tanlash bo'yicha ishlar xalqaro mutaxassislarni jalb qilgan holda amalga oshirilmoqda.

Akademiyaning xalqaro hamkorlik faoliyati doirasida, prokuratura organlarida psixologik menedjmentni tadbiq qilish bo'yicha takliflarni ishlab chiqish maqsadida, Akademiyada videokonferentsiya shaklidagi ishchi vebinarlar tashkil etilgan bo'lib, unda M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining professori, psixologiya fanlari doktori T.Y.Bazarov ishtirok etdi.

Ushbu tadbirda Akademiya rahbariyati, prokuratura faoliyatini psixologik ta'minlash bo'limi va Akademiyaning boshqa bo'lim xodimlari ishtirok etdilar.

Ishtirokchilar rahbarlik lavozimlariga kadrlar zahirasi tizimini yaratish, prokuror-tergov xodimlarining yuqori va o'rta bo'g'in rahbarlari kompetentsiyalari modelini ishlab chiqish masalalarini muhokama qildilar. 

Mutaxassislarning alohida e'tibori prokurorning rahbar sifatida ega bo'lishi lozim bo'lgan malaka va kompetensiyalar tarkibini ishlab chiqishga qaratildi. Aynan shu kompetensiyalarning prokuratura organlari rahbarligiga nomzodlarni baholashda qo'llash masalasi alohida ta'kidlab o'tildi.

Ushbu tematika doirasidagi navbatdagi vebinar sentyabr oyida o'tkazilishi rejalashtirilgan.  Kurs natijasida zamonaviy talablarni hisobga olgan holda prokuratura faoliyatini psixologik qo'llab-quvvatlash sifatini va samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilishi ko'zda tutilgan.