ANONS Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi haqida

ANONS Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi haqida

2023 yil 1-2 dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etilganining bir yilligi munosabati bilan “Huquqni muhofaza qilish sohasida yuridik ta’lim va fan: zamonaviy tendensiyalar va istiqbollar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Konferensiya Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan «Mintaqaviy muloqot» XNNT, GIZ, Yevropa Kengashi, YEXHT, UNODS, IRZ va boshqa xalqaro tashkilotlar ko‘magida tashkil etildi.

Tadbirda fan va ta’lim sohasidagi 40 dan ortiq xorijiy va milliy ekspertlar, 20 ta davlatdan sohaviy muassasalar rahbarlari hamda mutaxassislari, shuningdek 10 ta xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Konferensiya dasturida yalpi sessiya, shuningdek “Inson huquqlari bo‘yicha ta’lim”, “Korrupsiya va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro standartlarni joriy etish” hamda “Tergov xodimlarini o‘qitish va tayyorlashga zamonaviy yondashuvlar” mavzularida parallel sessiyalar o‘tkazilishi nazarda tutilgan.

Tadbir 2023 yil 1-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:00 da (UTS+05:00) HILTON mehmonxonasida (Tashkent city) bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yakuniga ko‘ra ilmiy maqola va tezislar to‘plami nashr etilishi rejalashtirilgan.

Maqola va tezislarga qo‘yilgan talablar (havola).