Fransiya Respublikasi Milliy magistratura maktabi (ENM) va Turkiya Adolat akademiyasi delegatsiyalarining Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrifi

Fransiya Respublikasi Milliy magistratura maktabi (ENM) va Turkiya Adolat akademiyasi delegatsiyalarining Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrifi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etilganining bir yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyani o‘tkazish doirasida Akademiyaga Fransiya Respublikasi Milliy magistratura maktabi (ENM) hamda Turkiya Adolat akademiyasi delegatsiyalarining tashrifi tashkil qilindi.

Delegatsiyalar Akademiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish ishlari, o‘quv jarayonini tashkil etishdagi yangicha yondashuv va metodlar, shuningdek kriminalistik poligon, kiberlaboratoriya va boshqa maxsus o‘quv xonalari bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif yakunlari bo‘yicha tomonlar ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini qayd etib o‘tishdi.