Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid

Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017 yil 2 fevral`dagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori bilan 2017-2018 yillarga mo'ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha davlat dasturi tasdiqlandi.

Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan davlat xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Akademiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi ilmiy-ta'lim markazi xodimlari  muntazam ravishda qayd etilgan soha bo'yicha tashkil etayotgan seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarda ishtirok etib kelmoqda.

Xususan, joriy yilning 25 avgust kuni O'zbekiston matbuot va axborot agentligida o'tkazilgan “Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid” mavzusida tashkil etilgan tadbirda Markaz xodimlari respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, korrupsiyaning milliy xavfsizlikka tahdid sifatida oldini olish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar bo'yicha jurnalistik tekshiruvni takomillashtirish va mazkur sohada ommaviy axborot vositalari xodimlarining xabardorligini oshirish yuzasidan ma'ruza bilan qatnashishdi.

Markaz xodimlari oxirgi uch oy davomida bir qator davlat organlari, tijorat banklari va boshqa ta'lim muassasalarida, jumladan “O’zstandart” Agentligining «O'zbekiston milliy metrologiya instituti” Davlat korxonasi, Avtomobil yo'llari Davlat qo'mitasi, “Acaka” ATB va uning Shayxontohur filiali, “Qishloqqurilishbank” ATB, Oliy harbiy bojxona instituti, Oliy attestatsiya komissiyasi, “Nuroniy” jamg'armasi va boshqa joylarda tashkil etilgan tadbirlarda ma'ruzalar bilan ishtirok etishdi.