O‘zbekiston Respublikasi huquqni muxofaza qilish akademiyasida Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 4 avgustdagi “Yonginlar profilaktikasi samaradorligi oshirish va yong‘in xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 332-sonli qarorida ko‘rsatilgan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda o‘quv-amaliy mashg‘uloti tashkil etildi.
Tadbir doirasida Akademiyaning barcha talabalariga yong‘inlarning oldini olish va yong‘in sodir bo‘lgan vaziyatda harakat qilish bo‘yicha nazariy bilimlar berildi.
Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilariga FVV maxsus texnikasini jalb qilgan holda jamoat joylarida, ta’lim tashkilotlarida, ish joylarida va turar joy komplekslarida o‘t o‘chirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Tadbir davomida FVV mutaxassislari talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdilar.