Qo'llanma Akademiya tomonidan UNICEFning O'zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasining bevosita ishtiroki va amaliy ko'magi asosida tayyorlandi.
Qo'llanma materiallari voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlov, voyaga yetmaganlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, shu jumladan, voyaga yetmagan guvoh va jabrlanuvchilarni himoya qilishga oid milliy qonunchilik, xalqaro standartlar haqidagi keng xajmli ma'lumotlarni o'zida mujassamlashtirgan.
Materiallar huquqni muxofaza qiluvchi organlar xodimlari, voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha idoralararo komissiyalarning mas'ul kotiblari ishtirokidagi malaka oshirish kurslarida foydalanish uchun ishlab chiqilgan bo'lib, o'z navbatida, undagi ma'lumotlar faoliyati odil sudlov jarayonida voyaga yetmaganlarning huquqlari va ekrinliklarini himoya qilish bilan bog'liq bo'lgan boshqa idora va muassasalarning xodimlari uchun ham foydali bo'lishi mumkin.
Keng doiradagi foydalanuvchilarni qamrab olish maqsadida, qo'llanmaning o'zbek va rus tillarida chop etilishi ko'zda tutilgan.