Akademiya delegatsiyasi Octopus-2023 xalqaro konferensiyasida ishtirok etmoqda

Akademiya delegatsiyasi Octopus-2023 xalqaro konferensiyasida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi delegatsiyasi  kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan Octopus-2023 xalqaro konferensiyasida (Buxarest shahri, Ruminiya) ishtirok etmoqda.

Octopus-2023 konferensiyasi kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida dunyoning yetakchi ekspertlari, turli mamlakatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlari mutaxassislari, olimlar va xususiy sektor vakillari uchun kiberjinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha ilg‘or tajriba almashish uchun noyob platforma bo‘lib xizmat qiladi.

13-15 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan uch kunlik konferensiya dasturi doirasida yalpi majlislar, dunyo mintaqalari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan seminarlar, jumladan, Osiyo mamlakatlari uchun alohida sessiya, shuningdek, kiberxavfsizlik va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik hamda kiberjinoyatchilik sohasidagi moliyaviy tekshiruvlarga doir keng ko‘lamli masalalarni qamrab oluvchi tematik muhokamalar rejalashtirilgan.

15 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan yakuniy marosimda Octopus-2023 konferensiyasi yakunlarini sarhisob qilish va bu boradagi xalqaro hamkorlikning keyingi qadamlarni belgilab olish rejalashtirilgan.