Rossiya Federatsiyasi prokuraturasi universiteti fakultet dekani Akademiyada stajirovka o‘tamoqda

Rossiya Federatsiyasi prokuraturasi universiteti fakultet dekani Akademiyada stajirovka o‘tamoqda

Rossiya Federatsiyasi prokuraturasi universitetining Kasbiy qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti dekani T.P.Kesareyeva ta’lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi doirasida Huquqni muhofaza qilish akademiyasida stajirovka o‘tamoqda.

Stajirovka davomida T.P.Kesareyeva Akademiyadagi ta’lim jarayonlarida, jumladan, seminarlar, ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etadi. Shuningdek, xorijlik hamkasbimiz Akademiyaning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati, xususan, amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuv asosida masofaviy va aralash shakllarda qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Akademik mobillik doirasidagi bu kabi stajirovkalar huquqni muhofaza qilish sohasida bilim, tajriba va ilg‘or amaliyotni o‘zaro almashinish uchun samarali platforma bo‘lib, ta’lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.