Akademiya vakili Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni”da ishtirok etdi.
Aralash shaklda o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni”da Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda uning hududiy va tuman-shahar darajasidagi bo‘linmalarning 500 nafardan ortiq xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, IIV Akademiyasi va Toshkent davlat yuridik universiteti vakillari ma’ruzalar bilan chiqish qilishdi. Xuchusan, Akademiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i X.Tursunbekov ishtirokchilarga davlat xizmatida korrupsiviy huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun milliy qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlik choralarining amalda qo‘llanilishi haqida ma’lumot berdi.