Akademiyada “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi

Akademiyada “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi

Akademiyada “Yoshlar forumlari” doirasida “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti o‘tkazildi.

Tadbirda Akademiya rahbariyati, tarkibiy tarmoqlar rahbarlari hamda bakalavriat talabalari ishtirok etishdi.

Anjuman jarayonida talabalar Akademiyaning o‘quv va boshqa binolarida olib borilayotgan kapital ta’mirlash ishlari hamda qurilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar bilan tanishtirildi.

Shuningdek, ochiq muloqot davomida Akademiya tashkil etilgan o‘quv jarayoni o‘ziga xosligi, malakaviy amaliyot, harbiy tayyorgarlik va harbiy xizmat, talabalarni ilmiy klub va to‘garaklarga jalb etish, iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, talabalar bilimini baholashning reyting tizimi, nazorat (imtihon) turlari, yuqori natijalarga erishgan talabalarni quvvatlash yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Tadbirda talabalar xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik, talabalarning nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tash, huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida videoroliklar tayyorlash, Akademiyada turli loyihalar tashkil etish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishga ixtisoslashtirilgan to‘garak tashkil etish, kutubxona fondini yanada boyitish va boshqa yo‘nalishlarda takliflar berishdi.

Tadbir jarayonida Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida 2-o‘rinni egallagan Akademiya jamoasi, “Kriminalistika va sud ekspertizasi bilimdoni” viktorinasi g‘oliblari hamda shaxmat hamda shashka sport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan Akademiya chempionati g‘oliblari sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Mazkur turdagi tadbirlar muntazam olib boriladi.