Magistratura tinglovchilari “UzAuto Motors Powertrain” zavodida bo‘lishdi

Magistratura tinglovchilari “UzAuto Motors Powertrain” zavodida bo‘lishdi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi magistraturasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mutaxassisligi tinglovchilarining “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan o‘tkazilgan Ochiq eshiklar kuni tadbiri doirasida “UzAuto Motors Powertrain” zavodiga tashrifi bo‘lib o‘tdi.

Magistratura tinglovchilari yurtimizda avtomobilsozlik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot olish bilan birga, “O‘zavtosanoat” AJ va tizim korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda korxonadagi Komplayens nazorat tizimi faoliyati bo‘yicha batafsil ma’lumotlar olishdi.

O‘quv-tanishuv tashriflari davomida magistratura tinglovchilari korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olayotgan nazariy bilimlarini sohaviy amaliyotni bevosita o‘rganish orqali mustahkamlab olish imkoniga ega bo‘lishdi.