Professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish bo‘yicha navbatdagi seminar-trening

Professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish bo‘yicha navbatdagi seminar-trening

Professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va metodikalarni joriy etish, Huquqni muhofaza qilish akademiyasida ta’lim sifatini yuksaltirish maqsadida izchil va tizimli ishlar olib borilmoqda. 

Mazkur faoliyat doirasida Akademiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malaklarni baholash agentligi mas’ul xodimlari Z.Shakarov, M.Abdullayeva va Q.Amonovlar ishtirokida “Testologiya fani va uning asosiy tushunchalari. Test topshiriqlarini shakllantirish. Blum taksonomiyasi” mavzusida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-treningda hozirgi kunda respublikamiz uzluksiz ta’lim tizimida, xususan oliy ta’lim muassasalarida o‘qishga qabul jarayonida hamda o‘quv jarayonida talaba va tinglovchilarning ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishlarini baholashda test sinovlarining ahamiyati, Testologiya fani va uning mazmun-mohiyati, test topshiriqlarini tuzishga qo‘yiladigan talablar, test topshiriqlarini shakllantirishda yo‘l qo‘yiladigan tipik xatoliklar, ularni bartaraf etish yo‘llari, Blum taksonomiyasi va uning mazmuni, test tuzish va test sinovini o‘tkazishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar haqida ma’ruza qilindi.
Seminar-trening so‘ngida mavzu yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.