2020 yil 15 mayda Bosh prokuratura Akademiyasida O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlari tarixini o'rganish bo'yicha materiallarni tayyorlashda ishtirok etayotgan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari, Harbiy prokuratura va O'zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi xodimlari bilan videokonferentsaloqa rejimida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv jarayonida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining «O'zbekiston prokuraturasi organlarining tarixi» kitobini tayyorlash va Bosh prokuratura muzeyini tiklash haqidagi buyrug'ini bajarilishida yuzaga kelgan muammoli masalalarni muhokama qilingan.
Shuningdek, uchrashuv davomida o'tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlarning bajarilishi hamda ushbu yo'nalishdagi ishlarning borishi va joriy natijalari bo'yicha hisobotlar tinglandi.
Onlayn tarzidagi muloqot belgilangan vazifalarni bajarilishi bo'yicha tavsiyalar va takliflarni ishlab chiqishda yordam berdi.