O'zbеkiston Rеspublikasi Huquqni muhofaza qilish akadеmiyasi bakalavriati “Tеrgov faoliyati” yo‘nalishiga qabul e’lon qilinadi 

O'zbеkiston Rеspublikasi Huquqni muhofaza qilish akadеmiyasi bakalavriati “Tеrgov faoliyati” yo‘nalishiga qabul e’lon qilinadi 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2024/2025 o‘quv yili uchun “Tergov faoliyati” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga joriy yilning 1 fevralidan qabul boshlanishi ma’lum qilinadi.

Akademiyaning “tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish tanlov, teng huquqlilik prinsiplari va qabul qilishning yagona qoidalari asosida quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:
dastlabki tanlov;
maxsus psixologik tanlov;
yozma imtihon (diktant);
test sinovlari.

Dastlabki tanlov:
harbiylashtirilgan tuzilmalar (Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Bojxona qo‘mitasi, Harbiy prokuratura);
harbiylashtirilmagan tashkilotlar (prokuratura organlari, shu jumladan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Majburiy ijro byurosi)dagi talablarni inobatga olgan holda alohida tartibda amalga oshiriladi.
Bunda, nomzod o‘z hujjatlarini harbiylashtirilgan yoki harbiylashtirilmagan soha bo‘yicha topshirishi lozim.

Nomzod joriy yilning 1 fevralidan 1 martiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus elektron platformasida (https://my.uzbmb.uz/) ro‘yxatdan o‘tishi lozim. 
Shuningdek, nomzod ko‘rsatilgan muddatlarda:
harbiylashtirilgan yo‘nalish bo‘yicha – hududiy ichki ishlar organlariga;
harbiylashtirilmagan yo‘nalish bo‘yicha – hududiy prokuratura organlariga tegishli hujjatlarni taqdim etadi.

Akademiya “tergov faoliyati” yo‘nalishida bakalavriat dasturi bo‘yicha ta’lim olish muddati uch yilni tashkil etib, bitiruvchilarga belgilangan davlat namunasidagi diplom beriladi.

O‘qitish o‘zbek va rus tillarida, davlat grantlari asosida tashkil etiladi. Davlat grantlari asosida o‘qishni tamomlagan Akademiya bakalavriatining bitiruvchilariga vakolatli davlat organlarida kamida uch yil ishlab berish majburiyati yuklanadi.

Akademiyaga qabul qilishda abituriyentlarning muayyan toifalariga respublikaning boshqa oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.

Akademiyaning “Tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchilari vakolatli davlat organlariga xizmatga qabul qilinganda faqat ofitserlar tarkibiga kiruvchi yoki darajali unvon berilishi ko‘zda tutilgan lavozimlarga tayinlanadi.

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga kirish imtihonlari bilan bog‘liq yangiliklar bilan Akademiyaning rasmiy veb-sayti (https://proacademy.uz/uz-cyr/menu/bakalavriat), shuningdek ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: www.facebook.com/ProsecutorAcademy, www.instagram.com/proacademyuz/ (https://t.me/TheLawEnforcementAcademy) hamda ommaviy axborot vositalari orqali tanishib borishingiz mumkin.
Bakalavriatga kirish bilan bog‘liq savollarga 71 202-04-96 (ichki 1727) telefon raqami orqali javob olishingiz mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 6 apreldagi "O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul qilish va o‘qitish tartibini belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 143-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida NIZOM