Akademiya vakillari ekologik marafonda ishtirok etishdi

Akademiya vakillari ekologik marafonda ishtirok etishdi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi ilmiy va ta’lim faoliyati bilan bir qatorda jamot ishlarida, jumladan, ekologik tashabbuslarda faol ishtirok etib kelmoqda. Akademiya vakillari "Plogging" ekologik marafonida – atrof-muhitni toza va sog‘lom saqlash yo‘lidagi hamkorlik harakatlarida ishtirok etdilar. Tadbir davomida taxminan 100 ta chiqindi xaltalari va 200 dan ortiq plastik shishalar yig‘ildi.
Ekologik tadbirni o‘tkazishdagi salmoqli hissa qo‘shganligi munosabati bilan Akademiya jamoasi vakili maxsus mukofotga sazovor bo‘ldi. Bu nafaqat Akademiyaning ijtimoiy mas’uliyatli muassasa sifatidagi obro‘sini oshiradi, balki boshqa jamiyat a’zolarini ekologiya sohasidagi faol harakatlarga ilhomlantirishga xizmat qiladi.
Akademiya tomonidan atrof-muhitni yaxshilashga qaratilgan tadbirlar doimiy tashkil etib boriladi. Bu shuningdek, barqaror rivojlanish va atrof-muhit muhofazasi masalalarida jamiyatning xabardorligi va faolligini oshirishga qaratilgan kengroq ekologik yo‘nalishdagi tashabbuslar tarmog‘ini yaratishga yordam beradi.