Akademiya bakalavriatiga qabul davom etmoqda

Akademiya bakalavriatiga qabul davom etmoqda

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga 2024/2025 o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda.
Bakalavriatga qabulni yuqori saviyada tashkil etish va mamlakatimizning barcha hududlari, jumladan, chekka hududlar aholisining ta’lim olish imkoniyatlaridan keng foydalanishini ta’minlash maqsadida Akademiya xodimlari tomonidan joylardagi prokuratura organlari bilan hamkorlikda bakalavriatning “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga qabul bo‘yicha uchrashuv va seminarlar o‘tkazilmoqda. 
Respublikamizning barcha hududlarida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining bitiruv sinf o‘quvchilarini qamrab olgan holda, Akademiyaning bakalavriat yo‘nalishiga qabul qilish tartibi, Akademiyada o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari va afzalliklari, xalqaro standartlar va davr talablari asosida tashkil etilgan ta’lim jarayonlari xususida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. 
Bu kabi seminar va uchrashuvlar hududlarda davom etmoqda.