Akademiyada Navoiyxonlik kechasi tashkil etildi 

Akademiyada Navoiyxonlik kechasi tashkil etildi 

Akademiyada g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiyning 583 yilligi munosabati bilan ma’naviy va ilmiy ahamiyatga ega Navoiyxonlik kechasi tashkil etildi. Tadbirda navoiyshunos olimlarning ishtirok etishi tadbirning ilmiy va ma’naviy darajasini yanada oshirdi.

Tadbir davomida Alisher Navoiyning hayoti va serqirra ijodi haqida batafsil va chuqur ma’lumotlar berildi. Olimlar va ishtirokchilar tomonidan Navoiyning betakror ijodiy merosi, uning adabiyot va madaniyatimiz rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida so‘zlandi.

Shuningdek, tadbirda talabalar tomonidan Alisher Navoiyning g‘azallari to‘plamidan tanlangan parchalar mahorat bilan ijro etildi. Bu ijrolar tadbir ishtirokchilarining qalblariga chuqur ta’sir qildi va ularni Navoiyning go‘zal va teran ma’noli she’riyati bilan yanada yaqindan tanishtirdi.

Tadbirning eng muhim jihatlaridan biri – faol ishtirok etgan talabalar va mehmonlarning munosib taqdirlanishi bo‘ldi. Bu, o‘z navbatida, talabalarni Alisher Navoiy merosini o‘rganish va unga hurmat bilan qarashga undaydi hamda kelajakda ham shu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etishga rag‘batlantiradi.

"Navoiyxonlik kechasi"ning tashkil etilishi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy merosini yod etish, uni kengroq o‘rganish va yosh avlod qalbida ulug‘ shoirga bo‘lgan muhabbatni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi. Bu tadbir nafaqat ilmiy va ma’naviy jihatdan boyitdi, balki milliy madaniyatimiz va adabiyotimizga bo‘lgan hurmat va muhabbatni ham oshirdi.