Hududlarda yoshlar ishtirokida turkum tadbirlar tashkil etildi

Hududlarda yoshlar ishtirokida turkum tadbirlar tashkil etildi

Akademiya xodimlari tomonidan respublikamizning barcha hududlarida hududiy prokuratura organlari hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Turkum tadbirlar yoshlarning huquqiy bilimlarini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik hissini tarbiyalash, yoshlarning bilim olishlari uchun mavjud imkoniyatlar va yaratilgan shart-sharoitlar haqida xabardor qilish, shuningdek yoshlar muammolarini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan.

Ochiq muloqot jarayonida yoshlar uchun dolzarb masalalar muhokama qilinib, ularning muammolari o‘rganildi. Mutaxassislar tomonidan yoshlarni qiziktirgan savollarga atroflicha javob berildi. 

Yoshlar bilan ishlash borasida idoralararo hamkorlik barcha hududlarda davom ettiriladi.