Sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotiga oid tadbir tashkil etildi

Sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotiga oid tadbir tashkil etildi

Akademiya talabalari ishtirokida “Giyohvandlik – asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda oliy toifali vrach narkolog ma’ruza bilan ishtirok etdi va talabalarni giyohvandlikning jiddiy zararlari haqida atroflicha ma’lumot bilan ta’minladi. Ma’ruza davomida giyohvand moddalarning inson salomatligiga, jumladan, aql va jismoniy holatiga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirlari, shuningdek, bu illatning jamiyatdagi ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlari haqida ma’lumot berildi. Giyohvandlikning nafaqat foydalanuvchi shaxs, balki uning oila a’zolari va atrofidagi jamiyat uchun ham qanday o‘kinchli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlandi.

Shuningdek, davra suhbatida giyohvandlikka qarshi kurashda yoshlarning o‘rni va ularning mas’uliyati haqida so‘z bordi. Giyohvandlikka qarshi samarali profilaktika choralari va yoshlar o‘rtasida salomatlikni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishning ahamiyati haqida ta’kidlandi.

Anjumanda ishtirok etgan talabalar giyohvandlik muammosini chuqurroq anglash va bu kurashda o‘zlarining faol ishtiroklarini ko‘rsatishga undaydigan muhim ma’lumotlar va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. Ushbu davra suhbati yoshlarni giyohvandlik illatidan saqlanish va unga qarshi kurashishga da’vat etuvchi muhim tadbir sifatida e’tirof etildi.